eye
Oʼzbekiston Konstitutsiyaviy sudi delegatsiyasi Germaniya konstitutsiyaviy huquqining tajribasi bilan tanishmoqda

2024 yilning 10-12 iyun kunlari Oʼzbekiston Konstitutsiyaviy sudi delegatsiyasi Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga tashrif buyurib, Konstitutsiyaviy sud nazorati sohasida Germaniya tajribasi bilan tanishdi. Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudi sudyalari va ekspertlari bilan uchrashuvlar oʼtkazildi. Konstitutsiyaviy nazoratning dolzarb masalalari yuzasidan muhokamalar boʼlib oʼtdi hamda fikr va mulohazalar almashildi. 

Tashrif doirasida delegatsiya Mannheim universiteti yuridik fakulteti dekani va Konstitutsiyaviy huquq professor-oʼqituvchilari va Maks Plank nomidagi xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik instituti tadqiqotchilari bilan uchrashuvlar oʼtkazishni rejalashtirgan.

Mazkur tadbir YeXHTning Oʼzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Oʼzbekiston Konstitutsiyaviy sudi delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davom etmoqda.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish